JSON (JavaScript Object Notation) - data saqlash va tashish (transport) uchun ommabop format. Dasturlashda JSON ko'pincha internetdan (API'lar) data olishda yoki ilovalar bir-biri bilan ma'lumot almashganda ishlatiladi.
Boshlovchilar uchun JSON'ni tartibli va o'qilishi oson "shopping list"ga o'xshatish mumkin: uni ham odam, ham kompyuter oson o'qiydi. Ko'rinishi Python'dagi Dictionary ga o'xshagani uchun, JSON o'rganish tanish tuyuladi va veb-servislar bilan bog'lanadigan yoki konfiguratsiyalarni saqlaydigan ilovalar yozishda juda foydali bo'ladi.
Quyida JSON object tuzilmasi va qisqa izohi:

Python'da JSON bilan ishlash uchun standard json paketi bor.
JSON modulini import qilish
Python'da JSON ishlatish uchun json modulini import qiling:
import json
JSON parse qilish (JSON -> Python)
Agar sizda JSON string bo'lsa, uni json.loads() yordamida parse qilishingiz mumkin. Natija Python dictionary bo'ladi.
import json
# JSON ma'lumot:
x = '{ "name":"John", "age":30, "city":"New York"}'
# x ni parse qilish:
y = json.loads(x)
# natija Python dictionary:
print(y["age"])
Python'dan JSON'ga o'tkazish (Python -> JSON)
Agar sizda Python obyekt bo'lsa, uni json.dumps() yordamida JSON string'ga aylantirishingiz mumkin.
import json
# Python obyekt (dict):
x = {
"name": "John",
"age": 30,
"city": "New York"
}
# JSON ga aylantirish:
y = json.dumps(x)
# natija JSON string:
print(y)
Quyidagi Python turlarini JSON string'ga aylantirish mumkin:
- dict
- list
- tuple
- string
- int
- float
TrueFalseNone
Natijani formatlash
Yuqoridagi misolda JSON string chiqadi, lekin indentation va line break'lar bo'lmagani uchun o'qish qiyin bo'lishi mumkin.
json.dumps() metodida natijani o'qilishi oson qilish uchun parametrlar bor:
import json
x = {
"name": "John",
"age": 30,
"married": True,
"children": ("Ann","Billy"),
"pets": None,
"cars": [
{"model": "BMW 230", "mpg": 27.5},
{"model": "Ford Edge", "mpg": 24.1}
]
}
# natijani o'qilishi oson qilish uchun 4 ta indentdan foydalanish:
print(json.dumps(x, indent=4))
Separator'larni ham sozlash mumkin. Default qiymat (, va : ): object'larni vergul+bo'sh joy bilan, key-value'ni esa ikki nuqta+bo'sh joy bilan ajratadi:
import json
x = {
"name": "John",
"age": 30,
"married": True,
"children": ("Ann","Billy"),
"pets": None,
"cars": [
{"model": "BMW 230", "mpg": 27.5},
{"model": "Ford Edge", "mpg": 24.1}
]
}
# kalitlar bo'yicha tartiblab chiqarish:
print(json.dumps(x, indent=4, sort_keys=True))
JSON internetdan data olish (API) yoki ilovalar orasida ma'lumot almashish uchun juda ko'p ishlatiladi. Shuning uchun Python'da JSON bilan ishlashni tushunish muhim.
Oxirgi yangilangan: 15-iyun, 2026